Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all 2731 articles
Browse latest View live

E’LON! Dissertatsiyasi muhokamasi bo’lib o’tdi.

$
0
0

2018-yil 10-oktabr kuni soat 1400 da Toshkent Farmasevtika instituti majlislar zalida DSC.27.06.2017.FAR.32.01 raqamli ixtisoslashgan kengash qoshidagi Ilmiy seminarining navbatdagi majlisi bo‘ladi.

Kun tartibi

Fanlar Akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi Madraximov Shermuxammadi Nurullayevichning «FLANORIN, FERULEN, SINAROZID, EKSUMID, KATATSIN VA ALLERGODAF SUBSTANSIYaLARIDAN TAYYoR DORI ShAKLLARI TEXNOLOGIYaSINI YaRATISh” mavzusidagi 15.00.01 – DORI TEXNOLOGIYaSI ixtisosligi bo‘yicha farmasevtika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Ilmiy seminar a’zolari va hoxlovchilarni taklif etamiz


E`lon! Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakultetining bitiruvchilari diqqatiga!

$
0
0

Janubiy Koreyaning «Chungbuk Milliy Universiteti» («Chungbuk National University») 2019-yil bahorgi semestr magistratura hamda aspiranturaga (PhD) qabul e`lon qiladi.

Talablar:

  • O`rtacha o`zlashtish ko`rsatkichi:

GPA 3.6 (4.0 dan) yoki undan yuqori (88- 90%);

  • Ingliz tilini bilishingiz haqidagi sertifikat:

IELTS – 5.5 va undan yuqori.

* Hujjatlar 15- oktabr 2018yilgacha qabul qilinadi.

Barcha qo`shimcha savollar bo`yicha Xalqaro aloqalar bo`limiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Ma`lumot uchun telefon: +99890 997-83-39

Qozoqiston Respublikasi tibbiyot akademiyasi professori Ordabayeva Saule Kutimovnaning seminar-treningiga taklif etamiz.

$
0
0

2018-yil 9-oktabr kuni soat 9:00da institutning katta faollar zalida Farmatsevtik kimyo kafedrasi tashabbusi bilan Qozoqiston Respublikasi tibbiyot akademiyasi “Farmasevtik va toksikologik kimyo” kafedrasi mudiri farmasevtika fanlari doktori, professor Ordabayeva Saule Kutimovna «Aromatik va geterosiklik tuzilishga ega dori preparatlarining farmasevtik taxlili» mavzusida seminar-trening bo’lib o’tadi.

Seminar-treninga barcha hohlovchilarni taklif etamiz.

Farmatsevtik kimyo kafedrasi

Xalqaro bo’lim

 

Berlinda O’zbekiston va Germaniya sog’liqni saqlash va farmatsevtika sohasidagi hamkorlikka bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tadi.

$
0
0

O’zbekistonning Berlindagi elchixonasi Germaniyaning Federal farmatsevtika sanoati assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda sog’liqni saqlash va farmatsevtika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlariga bag’ishlangan tadbirni tayyorlamoqda. Tadbir 2018-yil 30-noyabrga mo’ljallangan bo’lib, unda O’zbekiston farmatsevtika sanoatining vakillari ham ishtirok etadi.

Malumot uchun aloqa:

📞 +99895 198-11-13
📞 +99894 954-11-11

Qozog’iston Respublikasi tibbiyot akademiyasi professori Ordabayeva Saule Kutimovna maxorat darslari o‘tkazmoqda.

$
0
0

Qozog’iston Respublikasi tibbiyot akademiyasi “Farmasevtik va toksikologik kimyo” kafedrasi mudiri farmasevtika fanlari doktori, professor Ordabayeva Saule Kutimovna tomonidan 2018-yil 9-oktyabr kuni Toshkent farmasevtika instituti “Farmasevtik kimyo” kafedrasida “Proizvodnie 1,4-benzodiazepina”, “Benzolsulfanilamidi i ix proizvodnie” xamda “Aromaticheskie aminokisloti i ix proizvodnie” mavzularida maxorat darslari o‘tkazmoqda.

     

     

     

Diqqat!!! Toshkent farmatsevtika instituti Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan “Xalqaro stajirovka” bo’yicha taqdim etilgan yangiliklar!

Toshkent farmasevtika instituti talabalar o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida ijodiy ishlar tanlov

$
0
0

Bugungi kun har bir insondan ogohlik va hushyorlikni talab etadi. O‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, jamiyat taraqqiyotida shunday salbiy illatlar bo‘lib, ular davlatning iqtisodiy o‘sishiga  va rivojlanishiga, erkin fuqarolik jamiyatining shakllanishiga juda katta to‘siq hisoblanadi. Bunday illatlardan biri yoshlar o‘rtasida buzg‘unchi g‘oyalarni paydo bo‘lishidir. Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo‘shilib ketishining oldini olish maqsadida yurtimizda ko‘plab ishlar olib borilmoqda, bunga misol tariqasida O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamsining 2018-yil 12-martdagi bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 9-bandida belgilangan vazifalar hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 20-sentabrdagi 795-sonli buyrug‘ini olishimiz mumkin. Ushbu buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2018-yil 24-sentabr kuni 717-sonli buyruq ishlab chiqildi va imzolandi. Bunga ko‘ra institut talabalari o‘rtasida “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart” shiori ostida “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi sur’at”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov tashkil etildi. Tanlov tashkil etilishidan asosiy maqsad- yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlarini yanada mutahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularni o‘z iqtidorlarini va ijod maxsullarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishdan iborat.

Tanlov 3 ta nominatsiyada o‘tkaziladi: “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovga institutda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi. Tanlov institut talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut BT, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Murabbiylar” kengashi, fakultet dekanlari hamkorligida tashkil etiladi.Tanlov quyidagi vazifalar asosida o‘tkaziladi;

– yoshlar huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, ularning jamiyat hayotida o‘z o‘rinlarini topishga ko‘maklashish ;

– yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda qonunga itoatkorlik hissini kamol toptirish ;

– ijodkor yoshlarni izlab topish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish ;

– yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash;

– ta’lim tizimida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham berishga erishish;

– yoshlarning korrupsiyaning salbiy oqibatlaridan xabardor etish va ushbu illatga nisbatan murosasizlikni vujudga keltirish.

“Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi.

Institut talabalari o‘rtasida joriy yil oktabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich – oktabr oyining birinchi, ikkinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich – oktabr oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Yakuniy  bosqich – respublika bosqichi noyabr oyida o‘tkaziladi. Tanlovning birinchi, ikkinchi bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha institut professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari, olimlar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda hakamlar Hay’ati tuziladi. Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar hakamlar Hay’ati tomonidan tanlov shartlari va mezonlari asosida baholanadi hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar (har bir nominatsiya 1 nafar) mahalliy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Tanlovning mahalliy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar (har bir tuman (shahar) dan nominatsiyalar bo‘yicha 1 nafardan) hududiy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Tanlovning institut bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alari, shuningdek faol ishtirok etgan yoshlar fahriy yorliqlar bilan munosib ravishda taqdirlanadi.

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar (vazirlik tizimi bo‘yicha) va homiylar mablag‘lari asosida tegishli tartibda rag‘batlantiriladi.

Mazkur tanlovda barcha talabalarning ishtirok etishlarini istagan holda, yuqori yutuqlarni qo‘lga kiriting deymiz. Qo‘shimcha ma’lumotlarni ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi (farmatsiya fakulteti binosi 16-xona)dan olishingiz mumkin.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova

Article 0

$
0
0

Toshkent farmasevtika  instituti farmatsiya fakul’teti  faramsiya  yo‘nalishi FT-509 A  guruh talabasi Fazliev Sunnatullo  Aloyiddinovichning “Davr” informatsion dasturi uchun intervyusi

      Bugungi kunda yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, intellektual salohiyatli, vatanparvar qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Bunday e’tiborni oqlashga xarakat qilib kelayotgan yoshlarimiz talaygina. Yuritimzda ilmiy izlanishlar bilan mashg‘ul talabalarni ishlarini ommaviy axborot vositasida  yoritish maqsadida  Toshkent farmasevtika institutiga “Yoshlar” teleradiokanali “Davr”informatsion dasturi  va O‘zbekiston milliy axborot agentligi muxbirlari kelib institut yosh  olimlari bilan suhbat qildi.

       Bunday yoshlarimizdan biri Toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakul’teti  farmatsiya  yo‘nalishi  FT-509 A  guruh talabasi Fazliev Sunnatullo  Aloyiddinovich.  Uning fanga, ilm olishga bo‘lgan qiziqishi katta.Sunnatullo  Toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakulteti farmatsiya yo‘nalishiga Xalqaro D.I.Mendeleev olimpiadasining  g‘olibi sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  guvohnomasi   asosida imtixonlarsiz qabul qilindi  va  hozirgi kunda   5- bosqichda  tahsil olmoqda. Bugungi kunga qadar u “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan ham taqdirlangan.Sunnatillo  Fazliev ommaviy axborot vositasiga asosan ilmiy tadqiqotlari ya’ni dastlab ilmiy ishlarini mahalliy homashyo asosida gemostatik  ta’sirga ega “Lagoden” dori vostasini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan boshlagani, so‘ng “Yod- siklodekstrin substansiyasi hamda  kapsula dori shaklini olish texnologiyasini  o‘zlashtirish  va ishlab chiqarishga tayyorlash”, “Mahalliy homashyolar asosida  prebioenterosorbent olishning yuqori samarali texnologiyasini ishlab chiqish” mavzularida  innovatsion loyihalar olib boryotgani xaqida ma’lumot berdi.

2017 yilning mart oyida Belarus Respublikasi Fanlar Akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan kimyo, fizika, biologiya va matematika fanlaridan kompleks tuzilgan “STEND” olimpiadasida 3–o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

2015 yilda Sunnatullo Fazliev ikkinchi bosqichdaligidayoq darslarni a’lo darajada o‘zlashtirishi, ilmiy ishlardagi yutuqlari, institut ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligi va boshqa yutuqlarini inobatga olib, “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi stipendiyasiga loyiq ko‘rilgani xaqida ham to‘xtaldi. 2015 yil 72–anjumanda kimyo fanlari seksiyasida “Lagoden gelining olinishi va fizik–kimyoviy xossalarini o‘rganish” va tibbiy–biologik fanlar seksiyasida “Fitopreparatы, primenyaemыe pri serdechno-sosudistыx zabolevaniyax” mavzusidagi chiqishlari bilan ishtirok etdi va faol ishtiroki uchun “Fahriy yorliq”ni qo‘lga kiritdi.

      2016 yilgi anjumanda esa “Izuchenie reologicheskix svoystv gelya Lagoden” mavzusida rus tilida juda qiziqarli ma’ruza qildi va talabalar ilmiy jamiyati hamda “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati Mirobod tumani kengashining “Fahriy yorliq”lari bilan mukofotlandi.

2017 yil 16-17 may kunlari institutning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Talabalar ilmiy jamiyati”ning 74-an’anaviy ilmiy anjumanida ijtimoiy fanlar seksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 14 yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2016  yildagi ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilga iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisidagi nutqiga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan ustozlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi va 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

      Aynan shu anjumanning kimyo fanlari seksiyasida inliz tilidagi “Study of structural-mechanical properties of sulfur gel” nomli ma’ruzasi uchun ham 1-o‘ringa loyiq ko‘rilgani, 2018 yil 23-24 may kunlari «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” ga bag‘ishlangan “Talabalar ilmiy jamiyati”ning 75-an’anaviy ilmiy anjumanida kimyo fanlari seksiyasida “Investigation the quality and quantity analysis of the capsule of the “Iodine-β-CD” mavzusida ingliz tilidagi ma’ruzasi bilan 1–o‘rinni qo‘lga kiritgani, 2017–2018 yil Vinesiya shahrida o‘tkazilgan “Current chemical problems” Xalqaro yosh olimlar va talabalar konferensiyalarida tezislari bilan ishtirok etgani xususida  “Davr” informatsion dasturi uchun intervyu berdi.

     Shuningdek, O‘zbekiston fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor Aminov Sobirjon Nigmatovich xam intervyusida talabasi Sunnatillo xaqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova                 

 

 

 


“Biotexnologiya” kafedrasi dars jarayonida.

$
0
0

2018-2019 o’quv yilida “Biotexnologiya” kafedrasining filiali “Ilg’or texnologiyalar markazi” ning “Biofizika va biokimyo” laboratoriyasida 5-kurs Farmasiya fakulteti talabalari dars jarayonida.

     

Diqqat!!! Toshkent farmatsevtika instituti Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan “Xalqaro konferensiya” bo’yicha taqdim etilgan yangiliklar!

Toshkent farmatsevtika instituti talabalarini Xalqaro innovatsiya lagerida ishtiroki

$
0
0

     

     

FILIN (Farmatsevticheskiy internatsionalniy lager innovatsii) loyixasining talabalar ishtirokidagi navbatdagi farmatsevtika va farmatsevtik ishlab chiqarishga bag’ishlangan 8 chi professional faoliyati 21-sentabrdan 28-sentabrga qadar Rossiya Federatsiyasining Yaroslavl shaxrida bo’lib o’tdi. Mazkur yilda FILIN ishtirokchilari 60 nafar talabalarni tashkil etib ularni aksariyati Rossiya, Belorussiya, Qozog’iston va O’zbekiston Respublikalaridan tashrif buyurishgan. Toshkent Farmatsevtika instituti 4-kurs farmatsiya fakulteti talabalaridan Axmedov Akmal va Ibragimov Islom ushbu loyixada muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdilar. Ular institutimiz nufuzini  yana xam ko’tarilishiga o’z xissalarini qo’shish bilan birga u yerda o’z mutaxassisliklariga oid yangiliklar va innovatsiyalar bilan tanishdilar. Ushbu loyixa talabalar uchun juda qiziqarli va foydali bo’ldi. «Olimp nauki» MChJ bosh direktori, FILIN farmatsevtik lageri soorganizatori Nadelyayevoy I.I. tomonidan Toshkent farmatsevtika instituti raxbariyatiga minnatdorchilik bildirildi. Biz shunday yoshlarimizdan faxrlanamiz!

     

     

 Xalqaro aloqalar bo’limi

E‘lon! Ochiq ma’ruzaga taklif etamiz.

$
0
0

2018-yil 16-oktabr soat 10:00da 95-xonada Dori turlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti G.M.Tureyevaning “Dori vositalar va preparatlar texnologiyasi” mutaxassisligining 1-kurs magistratura talabalariga “Dori vositalarini modifikatsiyalash va yo‘naltirish tizimlari” fanidan “Peroral osmotik tizimlar. Flotatsiyali va peroral mukoadgeziv tizimlar” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkaziladi.

Barcha xoxlovchilar taklif etiladi.

DTT kafedrasi

Toshkent farmasevtika institutida “Yil talabasi” tanlovini tashkil etish joriy etildi.

$
0
0

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashining 2018-yil 22-yanvarda tasdiqlangan 1-son bayoni (23.01.2018 y., 01-07/1-3305) 1-ilovasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida yoshlar siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar Dasturi”ning 39-bandida belgilangan vazifalar va institutda tahsil olayotgan talabalarda tashabbuskorlik hamda vatanparvarlik fazilatlari, o‘z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq hamda yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadi ilgari surildi. Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish  maqsadida chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Ushbu dasturga ko‘ra, «Yil talabasi» tanlovini joriy etish va uni har yili o‘tkazib borish belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo Kengashining 2018-yil 22-yanvarda tasdiqlangan 1-son bayoni hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 28-maydagi  471-son buyrug‘iga asosan institutda “Yil talabasi” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlov 5 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

  1. “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
  2. “Yilning eng tashabbuskor talabasi”
  3. “Yilning ixtirochi talabasi”
  4. “Yilning sportchi talabasi”
  5. “Yilning ijodkor talabasi”

Tanlovning institut bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar tomonidan taqdim etilgan xujjatlar to‘plami tegishli fakultet dekanati tomonidan saralanadi va 2018-yil 15-oktabrga qadar hujjatlar to‘plami qog‘ozda va elektron shaklda tanlov kommissiyasiga ya’ni “Iqtidorli talabalar bilan ishlash” bo‘lim boshlig‘i Malikova Gulchexra Yuldashevnaga taqdim etiladi.

Tanlov ishtirokchilari quyidagi xujjatlarni taqdim etishlari kerak:

  • Tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyati,erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, talabalarga o‘rnak bo‘ladigan tomonlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;
  • Tanlov ishtirokchisining fanlarni o‘zlashtirish natijalari aks etgan hujjatlar (baholarni qayd etish varaqalari,talabalrning baholarini o‘zlagtirish sinov daftarchasi) nusxalari;
  • Tanlov ishtirokchisining nashr etilganilmiy, ilmiy-uslubiy,ijodiy ishlari, ularga tegishli mutaxassislardan olingan taqrizlar bilanbirga;
  • Turli tadbirlar, tanlovlarda faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nusxalari ilova qilinadi);
  • Grantlarda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, grantning nomi, moliyalashtirish hajmi,ishtirokchining shakli va darajasi ko‘rsatiladi;
  • Konferensiyalardagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlar, ularda maqomi va nomi, o‘tkazilgan joyi, shaxsan ishtirok etish darajasi (ma’ruzachi, tashkilotchi) ko‘rsatiladi;
  • Hujjatlar to‘plamiga kiritilgan materiallar va axborotlarda tanlov ishtirokchisining institutga qabul qilingandan keyingi faoliyatiga doir ma’lumotlar;

Yuqorida keltirilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda har bir ishtirok suhbatdan o‘tadilar.

Ishtirok etishni hohlovchi talabalar tanlov  Nizomiga asosan hujjatlar yig‘ma jildini shakllantirib, institutda  tashkil etilgan tanlov komissiyasiga taqdim etishlari zarur. Institut bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 1 nafardan, jami 5 nafar talabalar respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Tanlovning respublika bosqichi har yili noyabr-dekabr oylarida o‘tkailadi.

Xurmatli ishtirokchilar, barchangizga tanlovda omad tilaymiz.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova

E’lon! “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tanlov o’tkazilmoqda.

$
0
0

Toshkent Farmasevtika instituti talabalari diqqatiga “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida eng yaxshi plakat, eng yaxshi bayon va eng yaxshi rasm tanlovi o’tkazilmoqda. Bu tanlovda barcha talabalarni faol ishtirok etishingizni so’raymiz!!!

Yoshlar ittifoqi BT

Qozog‘iston Respublikasi tibbiyot akademiyasining professori Ordabayeva Saule Kutimovnaning “Farmasevtik kimyo kafedrasida” olib borgan mahorat darslari.

$
0
0

Toshkent farmasevtika institutining farmasevtik kimyo kafedrasi mudiri X.K.Olimov va professor—o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3775-sonli “O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassalarining o‘zaro kelishuvi xamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishning tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyotini joriy etish” qarorlarini muayyan darajada bajarish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi tibbiyot akademiyasi “Farmasevtik va toksikologik kimyo” kafedrasi mudiri farmasevtika fanlari doktori, professor Ordabayeva Saule Kutimovna mahorat darslarini olib borish va o‘zaro tajriba almashinish uchun taklif etildi. Tashrif buyurgan mehmonni institut rektori pofessor I.I.Alimdjanov kutib oldilar.

Professor Ordabayeva Saule Kutimovna rektor qabulidan so‘ng “Farmasevtik kimyo” kafedrasi mudiri dotsent X.K.Olimov boshchiligida kafedraga tashrif buyurdilar va kafedraning professor-o‘qituvchilari bilan tanishdilar.

Professor Saule Kutimovna tomonidan 2018-yilning 8-10 oktyabr kunlari Farmasevtik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari, farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishi 301A, 301V, 302A guruhlariga hamda institutning boshqa yo‘nalishidagi talabalari ishtirokida “Aromatik va geterotsiklik tuzilishga ega dori preparatlarining farmasevtik tahlili”, “Aromatik aminokislota hosilalarining tahlili”, “Arilalkilaminlar, gidroksifenilalkilaminlar, nitrofenilalkilaminlar guruhiga kiruvchi dori vositalarinig tahlili”, “Xlorbenzosulfamid va benzosulfamid hosilalari tahlili” mavzularida mahorat darslarini olib bordi shuningdek, tashrif buyurgan mehmon tomonidan ishtirokchilarga tarqatma materiallar, kafedra professor-o‘qituvchilariga esa uslubiy ko‘rsatmalar, taqdimotlar va video roliklar o‘quv jarayonlarida foydalanish uchun taqdim etildi.

     

Mehmon Qozog‘iston Respublikasi tibbiyot akademiyasi “Farmasevtik va toksikologik kimyo” kafedrasida olib boriladigan ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borilishi, kafedrada ilmiy yo‘nalishda qilinayotgan ishlar va boshqalar to‘g‘risida institutning “Farmasevtik kimyo” kafedrasi o‘qituvchilariga batafsil ma’lumot berdi. O‘zaro tajriba almashinish jarayonida “Farmasevtik kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va kelgusida har ikkala oliy ta’lim muassalari doimiy ravishda hamkorlik ishlarini olib borish to‘g‘risida kelishib oldilar.

10-oktyabr kuni professor Ordabayeva Saule Kutimovna mahorat darslarini yakunladi va institut rektori professor I.I.Alimdjanov tomonidan kuzatildi.

Farmatsevtik kimyo kafedrasi


Toshkent farmasevtika instituti Axborot-resurs markazi tomonidan Farmatsevtika ARM kanali ochildi.

$
0
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarori 20-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent farmasevtika instituti Axborot-resurs markazi 2018-2019 yilgi yangi o‘quv yiliga kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida Elektron turdagi axborot-kutubxona resurslarini ko‘paytirish va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshirdi va kitobxonlarga Telegram messenjerida “Farmatsevtika ARM” kanalini ochdi. Talabalarni ushbu kanalga a’zo qilsh ishlari yo‘lga qo‘yildi. Siz ham a’zo bo’lishni unutmang.

Farmatsiya fakultetining iqtidorli talabalarni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb etish tanlovi bo’lib o’tdi.

$
0
0

     

     

     

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-iyuldagi №84-02-1961-sonli Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ilmiy faoliyatiga yo‘naltirish va ularda innovatsion fikirlashni shakillantirish bo‘yicha chora – tadbirlar dasturi hamda institut iqtidorli talabalar bilan ishlash ularni maqsadli tayyorlash to‘g‘risidagi nizomi asosida iqtidorli talabalarni chuqurlashtirilgan dastur asosida yakka tartibda o‘qitishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor N.S.Normaxamatov hamda Iqtidorli talabalar bilan bo’limi boshlig’i G.Yu.Malikovalar tashabbusi bilan 2018-yil 11-oktabr kuni institutning kichik faollar zalida Farmatsiya fakultetining iqtidorli va iste’dodli talabalarini barcha kurslari orasida psixologik va pedagogik testlar, og‘zaki savol-javoblar orqali tanlab olindi.

     

     

Iqtidorli talabalarni yakka tartibda chuqurlashtirilgan dastur asosida maqsadli o‘qitishni tashkil qilish. Chuqur bilim olish, ilmiy faoliyati uchun ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimli yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida malakali professor – o‘qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etildi. Tanlovda quyidagi kafedralarning professor o‘qituvchilari faol qatnashib, kafedalarning ilmiy ishlarini yo‘nalishi bo‘yicha batafsil ma’lumot va tushunchalar berdilar. Bundan tashqari talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq javoblarni oldilar.

     

     

  1. M. Mullajonova – Farmakognoziya kafedrasi dotsenti
  2. R.A. Xusainova – Farmasevtik kimyo kafedrasi dotsenti
  3. Z.O‘.Usmanaliyeva – Toksikologik kimyo kafedrasi mudiri, dotsenti
  4. D.A.Zulfiqoriyeva – Toksikologik kimyo kafedrasi dotsenti
  5. Z.A. Nazarova – Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professori
  6. N.S. Fayzullayeva – Dori turlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti
  7. M. B.Umarova – Tillar kafedrasi, katta o‘qituvchisi
  8. G.F. Xoshimova – Ijtimoiy fanlar kafedrasi, katta o‘qituvchisi
  9. X.T.Zoirova – Biotexnologiya kafedrasi dotsenti
  10. B.A.Abduraxmonov – Fizika, matematika va AT kafedrasi dotsenti

Ma’naviyat kuni.

$
0
0

2018-yili 11-oktyabr  kuni Toshkent farmasevtika instiuti 206-b guruxi murrabiysi N.X.Ashurova o‘z guruhi talabalri bilan ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Toshkent viloyatida joylashgan muqaddas qadamjolardan biri “Zangiota” ziyoratgohiga tashrif buyurdi. Talabalarga Zangi ota kim va qanday inson bo‘lgani xaqida ma’lumotlar berildi.

     

     

Zangi ota  islom olamidagi ulug‘ mutafakkir hamda mutasavvif donishmandlardan biri bo‘lib, uning nomi faqat Movarounnahrdagina emas, balki Xuroson xalqlari orasida ham ma’lum va mashhurdir. Zangi ota (Oyxo‘ja) yoshlik paytidan padari buzrukvori Toshxo‘ja huzurida ta’lim oladi. Otasi vafotidan so‘ng, Xoja Ahmad Yassaviyning to‘rtinchi xalifasi va sodiq shogirdi bo‘lmish Hakim ota huzuriga boradi. Bir necha yil ul zotning xizmatida bo‘lib, Yassaviya tariqatining sir-asrorlarini, odoblarini o‘rganadi, hamda ilmi zohiriy va ilmi botiniy yo‘riqlaridan voqif bo‘ladi. Zangi ota  656 hijriy – 1258 milodiy yili vafot etadilar va hozirgi Zangi ota qishlog‘ida dafn etiladi. Bu joy nafaqat Shosh viloyati, balki butun Movarounnahr hamda Xurosondagi turkiy xalqlar uchun ziyoratgoh maskan hisoblanadi, hozir esa butun tuman Zangi ota nomi bilan ataladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Zangi ota Himmatiy Yassaviya tariqatidagi mo‘tabar va yirik mutasavvif mashoyixlardan biri bo‘lgani tufayli uning alohida tariqati, odob-qoidalari yo‘qdir. Yassaviya tariqati odoblari unga ham tegishlidir.Shu kabi  ko‘plab Zangiota xaqidagi ma’lumotlar talabalarga yetkazildi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova

Toshkent farmatsevtika institutining “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejementi” kafedrasi assistenti Kamola Ramazonovaning “Davr” informatsion dasturi, “O‘zbekiston 24” va O‘zbekiston milliy axborot agentligiga ilmiy ishlari xaqida bergan intervyusi.

$
0
0

Xalq orasida Vitiligo (pes) nomi bilan ataladigan kasallikning kelib chiqish sabablari tibbiyotda hanuzgacha to‘liq ma’lum emas. Aynan shu tufayli ham uni davolash qiyin. Bu kasallik yosh, jins yoki irq tanlamaydi. Dunyo aholisining 1- 4 foizi vitiligodan aziyat chekadi.

So‘nggi vaqtlarda yoshlar orasida kasallanganlar soni ko‘payib borayotgani unga qarshi chora ko‘rishni tezlashtirishni talab etmoqda.

Vaholanki, Abu Ali ibn Sino davridan ma’lum bo‘lgan teri qavati pigmentatsiyasining buzilishi natijasida kelib chiqadigan patologiya – vitiligo kasalligi o‘zining ijtimoiy ahamiyati va muammosining dolzarbligi bilan muhim o‘rinni egallaydi.

Ma’lumki  bugungi kunda yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’nan etuk, intellektual salohiyatli, vatanparvar qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday e’tiborni oqlashga harakat qilib kelayotgan yosh olimlarimiz ham talaygina.Bulardan biri Toshkent farmatsevtika institutining “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejementi” kafedrasi  assistenti Kamola Ramazonovadir.

     

U dermatologiya amaliyotida vitiligo kasalligini qo‘llash uchun tavsiya etilayotgan “Kupivit” preparatining yangi gel dori shaklini mo‘tadil  tarkibi va texnologiyasini  ishlab chiqdi. Bunda mahalliy qo‘zg‘atuvchi va allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmasligiga e’tibor berildi.

Vitiligo kasalligini davolashda tavsiya etilgan mahalliy dori vositalar samaradorligini oshirish, assortimentini kengaytirish, mamlakatimizda import o‘rnini bosuvchi samarali preparatlarni yaratish maqsadida koordinatsion birikmalar kupir va piratsin saqlovchi gel dori shakli ishlab chiqildi, – deydi Kamola Ramazonova. – Buning uchun yumshoq dori turlari texnologiyasida qo‘llanuvchi zamonaviy va optimal yordamchi moddalar, xususan poloksamer va karbopol kombinatsiyalari tayyorlandi va ularning gel hosil qiluvchi xususiyati o‘rganildi.

Shuningdek, gel tarkibidagi ta’sir etuvchi va yordamchi moddalar o‘rtasidagi mutanosiblik, uning fizik-kimyoviy hamda texnologik ko‘rsatkichlari aniqlandi. Vitiligo kasalligining kelib chiqishiga bir necha omillar sababligi bois, uni davolashda kompleks terapiya bilan bir qatorda mahalliy dori vositalarining qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi.​​

    

Kamola Ramazonova bugungi kunda yana ko‘plab kasalliklarga davo qidrib  yana boshqa dori vositalari ustida ixtiro olib bormoqda. Yosh olimning ilmiy ishlari ommaviy axborot vositalarida ham yoritilib borilmoqda. Masalan kuni kecha Kamola Ramazonova Yoshlar” teleradiokanali “Davr” informatsion dasturi uchun, “O‘zbekiston 24” va O‘zbekiston milliy axborot agentligiga ilmiy ishlari xaqida intervyu berdi. Kamola Ramazonovaning izlanishlari borasida ustozlari ham o‘z fikrini bildirdi.

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova

“O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi!” va “Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzulari ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkaziladi.

$
0
0

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 140-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 4-oktabrdagi 89-02-2816-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 17-oktabr kuni soat: 11-00da institut talaba – yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi!” va “Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzulari ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirda O‘zbekiston Mudofaa vazirligining soha mutaxassislari, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali drama teatri aktiyorlarining ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.

Mazkur tadbirga institut prfessor-o‘qituvchilari va talabalarini taklif etamiz.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova

Viewing all 2731 articles
Browse latest View live