Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all 2731 articles
Browse latest View live

Toshkent farmatsevtika institutiga Rossiya Federatsiyasining  Gumanitar hamkorlik uyushmasi vakillari tashrifi.

$
0
0

2019-yil 3-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining  Gumanitar hamkorlik uyushmasidan  Jukov Sergey Yevgenevich va uyushmaning O‘zbekiston Respublikasidagi vakili Xon Oksana  Toshkent farmasevtika institutiga tashrif buyurishdi. Gumanitar hamkorlik uyushmasining tashrifidan maqsad bakalavr, magistratura bosqichida o‘qishni xohlovchi talaba-yoshlarni o‘zlarining xohlagan yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirish uchun nufuzli  Rossiya Federatsiyasining  OTMlarida ta’lim olishda amaliy yordam berishni taklif etdi. Bu uyushma Rossiyaning 30 ta OTMlar bilan hamkorlik o‘rnatgan bo‘lib, unda kunduzgi, kechki va masofaviy talim turlari mavjud. Bu yoshlarga Oliy talim darajasining turli hil  mutaxassisliklarni , aspirantura, magistratura, kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari bo‘yicha rus tilida o‘rganish imkonini beradi.

Uyushma haqida qo‘shimcha ma’lumotni   www.rustudent.org saytidan olishingiz mumkin.

     

     

     

Xalqaro bo’lim


E‘lon! Kafеdralararo intеgrallashtirilgan ma’ruzalar o’tkazish.

$
0
0

2019 yil 9 aprеlda soat 10.00 da 112-xonada Farmakologiya va klinik farmatsiyasi mudiri, T.f.d. Z.T.Fayziеva va Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi dotsеnti N.S. Fayzullaеvani Sanoat farmatsiyasi fakultеti 3 kurs 306 A, 306 B va 307 A guruh talabalari uchun “Biofarmatsiya” fanidan “Dori vositalarda uchraydigan qiyin va o’zaro nomutanosibliklar” mavzusida intеgrallashtirilgan ma’ruzasi bo’lib o’tadi. Barcha xohlovchilar taklif etiladi.

 

DTT va Farmakologiya va klinik farmatsiya kafеdralari

Toshkent farmatsevtika instituti va Moskva viloyatining Davlat Gumanitar-texnika universiteti birgalikda videokonferentsiya o’tkazdi.

$
0
0

2019 yil 5 aprel kuni Toshkent farmatsevtika institutida Moskva viloyatining Davlat Gumanitar-texnika universiteti bilan birgalikda videokonferentsiya o’tkazildi. Onlayn o’tkazilgan konferentsiyaning asosiy maqsadi farmatsiya sohasida o’zaro hamkorlik qilish. Videokonferentsiyada o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor Z.A. Yuldashev, o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i N.A. Abzalova, farmatsiya fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi A.A.Nurmuxamedov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’limi boshlig’i M.T. Mullajonova, xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i A.E.Abdullayeva, ishlar boshqarmasi boshlig’i  Sh.K.Sobirov, institut professor-o’qituvchilari, shuningdek, Davlat gumanitar-texnika universiteti vakillari ishtirok etishdi.Telekonferentsiyada  ikkita oliy ta’lim muassasasi o’rtasida hamkorlik shartnomasini va yo’l xaritasini imzolash va ushbu shartnoma asosida Xitoy Xalq Respunlikasidagi OTMsi bilan birgalikda loyiha yaratish va ishtirok etish masalalari muhokama qilindi . Bundan tashqari Moskva viloyati farmatsevtika korxonalarida muayyan fanlar bo’yicha farmatsiya fakulteti talabalari uchun amaliy mashg’ulotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop etish, konferensiyalarda ishtirok etish va o’qituvchilar tajribasini almashish ham muhokama qilindi.

Onlayn muhokamalar yakunida Toshkent farmatsevtika instituti vakillari may oyida Davlat gumanitar-texnika universitetida o’tkaziladigan xalqaro anjumanga taklif qilindi.

     

     

 

Xalqaro xamkorlik bo’limi

“Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining Yoshlar modeli” nomli konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

$
0
0

2019 yil 5 aprel kuni Toshkent farmasevtika instiutida  “Sog‘liqni saqlash yoshlar modeli” nomli konferensiyasining  ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur konoferensiyaning o‘ziga yarasha talablari va qonun qoidalari mavjud bo‘lib unda ishtirok etuvchi talaba yoshlar 2019 yil 4 fevraldan 24 martga qadar xujjat topshirib ro‘yxatdan o‘tdilar. Mazkur anjuman   O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda “CEG”(capital elite group) kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Konferensiyaining  tashkil etilishidan asosiy ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarning  yetakchilik, notiqlik, muzokaralar olib borish  mahoratini rivojlantirishdir.

2019 yil 5 aprel kuni “Sog‘liqni saqlash tashkilotining Yoshlar modeli” nomli konferensiyasining ochilish marosimida institut rahbariyati, CEG”(capital elite group) kompaniyasining bosh direktori S.B.Irgashev, direktor yordamchisi A.Komilov, institut faollari,talabalari va ro‘yxatdan o‘tgan qatnashuvchilar ishtirok etdilar. Yig‘lishni Toshkent farmasevtika instituti rektori Alimdjanov  Ibrohim Inamovich  va  “CEG” kompaniyasining bosh direktori S.B.Irgashev kirish so‘zi bilan ochib berdilar. CEG”kompaniyasining bosh direktori S.B.Irgashev qatnashchilarni kompaniyaning faoliyati va tarkibiy tuzilmasi bilan tanishtirdi.

Mazkur anjuman 3-kun davomida o‘tkaziladi. Konferensiyada turli xil nominatsiyalar ham o‘rin olgan bo‘lib bular:

 

  • “Eng yaxshi pozitsion maktub”
  • “Eng yaxshi delegat”
  • “Eng yaxshi diplomatik ko‘nikmalar uchun”

 

“Sog‘liqni saqlash yoshlar modeli” nomli konferensiyaning g‘oliblarini yig‘lishning  yakuniy 3-kunida taqdirlash ko‘zda tutilgan.

Barcha qatnashchilarga institut nomidan omad tilaymiz!

     

      

     

     

     

 

 

 Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova

Xorijda ta’lim olish uchun stipendiyalar

$
0
0

Indoneziya hukumati “Rivojlanayotgan davlatlar bilan hamkorlik dasturi” (Kemitraan Negara Berkembang (KNB) loyihasi doirasida mamlakatda ta’lim olish uchun stipendiya dasturini e’lon qilgan.

KNB stipendiyasi orqali Indoneziyaning 16 ta yetakchi universitetida quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olish mumkin:

  •  gumanitar soha;
  •  muhandislik;
  •  ta’lim va fan;
  •  ijimoiy fanlar.

Stipendiya xalqaro aviachiptalar (borish va kelish uchun), yashash uchun  nafaqa va tibbiy sug‘urtani o‘z ichiga oladi.

Tanlovda talabalar, doktorantlar, o‘qituvchilar hamda OTM xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

Onlayn ariza topshirishning so‘ngi muddati: 2019 yil 12 aprel knb.

Edu.uz

 Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yoshlar modeli” nomli konferensiyasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

$
0
0

2019 yil 5 aprel kuni Toshkent farmasevtika instiutida  “Sog‘liqni saqlash tashkilotining yoshlar modeli” nomli konferensiyasining  ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur konferensiyaning ikkinchi kuni 6 aprel kuni o‘tkazildi. Sog‘liqni saqlash yoshlar modeli” nomli konferensiyaning homiylari ya’ni “CEG” (capital elite group) va Imperial consulting kompaniyalari yig‘lishning ikkinchi kunida o‘zlarining  prezentatsiyalari va ishchi rezolyusiyalariga aolqador ikki sessiyali yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. . Konferentsiyaning  so‘nggi kuni 2019 yil 7 aprel kuni yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi “Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining yoshlar modeli” nomli konferensiyasining uchinchi kunida  ishtirokchilar (delegatlar) ishtirokida yig‘lishning ohirgi ya’ni rezolyutsiyaga ovoz beriluvchi, yakunlovchi sessiyasi  bo‘lib o‘tdi.  Unda natijalar  “Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yoshlar modeli 2019” nomli konferentsiyaning bosh direktoriga taqdim etildi. Taqdirlash marosimida eng yaxshi delegatlar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

                                                         Intitut matbuot kotibi  N.L.Usmanova

E’lon! “Qandli diabet, farmakoterapiya prinsiplari” mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulotga taklif etamiz

$
0
0

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Saydalieva F.A. tomonidan 2019 yil 9 aprel 4- juftlik, soat 13-30 da 50 auditoriyada Farmatsiya fakulteti 5 kurs, 504-A guruhi talabalari bilan “Qandli diabet, farmakoterapiya prinsiplari” mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulotga taklif etamiz.

Xohlovchilar taklif etiladi.

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi.

E’lon! “Ateroskleroz kasalligi, patogenezi va farmakoterapiya prinsiplari” mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulotga taklif etamiz

$
0
0

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi assistenti o‘qituvchisi G‘ayrat Moyliev tomonidan 2019 yil 9 aprel 3- juftlik, soat 12-00 da 49 auditoriyada Farmatsiya fakulteti 5 kurs, 510-A guruhi talabalari bilan “Ateroskleroz kasalligi, patogenezi va farmakoterapiya prinsiplari” mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulotga taklif etamiz.

Xohlovchilar taklif etiladi.

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Astraxanda Rossiya-O‘zbekiston  OTM rektorlarinig mintaqaviy forumi ish boshladi

$
0
0

Bugun, 8 aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Astraxan  shahrida Rossiya va O‘zbekiston OTM rektorlarining mintaqaviy konferensiyasi boshlandi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov boshchiligida vazirlik mutaxassislari va 20 ta OTM rektorlaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda. Mintaqaviy konferensiyada asosiy masala sifatida oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasi muhokama qilinadi.

Jumladan, 2018 yil oktabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan “Yangi iqtisodiyot uchun – yangi kadrlar” birinchi O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish hamda ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari hamkorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Forum  kun tartibiga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi  Fan va oliy ta’lim vazirligi vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, Astraxan shahridagi OTMlarga tashrif buyurib, ular faoliyati bilan tanishadi.

Ma’lumot uchun, 2018 yil 18 oktabr kuni Toshkentda O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumi o‘tkazilib, unda rossiyalik hamkorlar bilan jami 114 ta shartnoma va bitimlar imzolangan edi. Xususan, O‘zbekistonda RFning 6 ta nufuzli OTM filiali va 2 ta fakultetini ochish, 52 ta qo‘shma ta’lim dasturini joriy etishga kelishilgan.

Edu.uz

Intitut matbuot kotibi  N.L.Usmanova

Germaniyaning Gamburg universiteti: Barcha bosqichlar uchun 1000 yevrogacha stipendiya

$
0
0

Germaniyaning Gamburg universiteti Merit scholarships for international students enrolled at Universtet Hamburg dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Dastur 2 semestrdan 3 yilgacha mo‘ljallangan.

Grant universitetga o‘qishga kirgan barcha bosqich talabalariga beriladi.

Doktorantura talabalari uchun uch yilgacha stipendiya ajratilishi mumkin.

Grant yutib olgan nomzodga bir yil davomida har oyda 720 dan 1000 yevrogacha  stipendiya beriladi.

Nomzodalar quyidagi me’zonlar asosida saralanadi:

A’lo baholari

Qo‘shimcha faoliyati; prezentatsiyasi, nashr ishlari, ko‘rgazmalarda qatnashganligi, mukofotlari boshqalar

Volontyorlik faoliyati

Moddiy yordamga muhtojligi.

Barcha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi havola orqali o‘ting  www.grantlar.uz

 

Intitut matbuot kotibi  N.L.Usmanova

Analitik kimyo kafedrasida ochiq laboratoriya darsi o’tkazildi

$
0
0

2019 yil 8 aprelda Analitik  kafedrasi assistenti O‘.I.Hamdamovning farmatsiya fakulteti  2-kurs 209 A guruh  talabalari uchun  ingliz tilida “Nitritometriya. NaNO2 ning standart eritmasini tayyorlash. Nazorat eritmasidagi streptotsidni massasini aniqlash” mavzusida laboratoriya mashg‘ulotidan ochiq darsi bo‘lib o‘tdi.

 

Analitik kimyo kafedrasi

E’lon! Rahimboy Jumaniyozov “Notiqlik san’ati” nomli trening o’tkazmoqda

$
0
0

      Har bir sohani yetuk mutaxassisi bo‘lish uchun albatta  insonda nutq madaniyati shakllangan bo‘lshi kerak. Nutq, muloqot va muomala madaniyatini rivojlantirish maqsadida  sizlarni “Notiqlik  san’ati” mashg‘ulotlariga taklif etamiz!

Mazkur trening mashg‘ulotlarini Filologiya fanlari nomzodi “Xalqaro antik dunyo” va “Turon” fanlar akademiyalarining akademigi Rahimboy Jumaniyozov olib boradi.

 

Murojaat uchun:

(90) 994-60-90

(97) 731-60-90

“Dispеrs sistеmаlar. Sinflanishi. Olinishi. Tozalash usullari. Xossalari” mavzusida intеgral ma’ruza.

$
0
0

  2019 yil 5 aprеl kuni sanoat farmatsiyasi 2 kurs 3 oqim talabalariga noorganik, fizik va kolloid kimyo kafеdrasi dotsеnti M.M.Qurbonova fizik va kolloid kimyo fani hamda dori turlari tеxnologiyasi  kafеdrasi mudiri f.f.d. profеssor Yo.S.Kariеva farmatsеvtik tеxnologiya fanidan  “Dispеrs sistеmаlar. Sinflanishi. Olinishi. Tozalash usullari. Xossalari” mavzusida intеgral ma’ruza o`tkazildi

     

     

Noorganik, fizik va kolloid kimyo va   

dori turlari texnologiyasi kafedralari

O‘quv bo‘limi

Article 1

$
0
0

Xorijda ta’lim olish uchun stipendiyalar

 

Indoneziya hukumati “Rivojlanayotgan davlatlar bilan hamkorlik dasturi” (Kemitraan Negara Berkembang (KNB) loyihasi doirasida mamlakatda ta’lim olish uchun stipendiya dasturini e’lon qilgan.

KNB stipendiyasi orqali Indoneziyaning 16 ta yetakchi universitetida quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olish mumkin:

👉 gumanitar soha;

👉 muhandislik;

👉 ta’lim va fan;

👉 ijtimoiy fanlar.

Stipendiya xalqaro aviachiptalar (borish va kelish uchun), yashash uchun nafaqa va tibbiy sug‘urtani o‘z ichiga oladi.

Tanlovda talabalar, doktorantlar, o‘qituvchilar hamda OTM xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

Onlayn ariza topshirishning so‘ngi muddati: 2019 yil 12 aprel

 

Klinik farmatsiya farmokokinetika asoslari bilan fanidan “Ateroskleroz kasalligi, patogenezi va farmakokinetikasi” mavzusidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

$
0
0

O‘zbekiston Respublikasi prizedentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2018-yil 14-fevral PQ-3532 Sonli  “Famasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishbo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”gi, 2017-yil 5-maydagi PQ 2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’limni yanada islox qilish ” chora tadbirlar to‘g‘risidagi”, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxasislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish  chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi qarorini ta’minlash iaqsadida Toshkent Farmasevtika instituti Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi assistenti G‘ayrat Moyliev tomonidan klinik farmatsiya yunalishi 510-A guruhiga “Ateroskleroz kasalligi patogenezi va farmakoterapiyasi” mavzusi bo‘yicha 2019 yil 9 aprel kuni soat 12-00 da 2 bino 49-xonada ochiq amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida inavatsion pedogogik texnologiyalaridan “SWOT”, “Aqliy Hujum” va tematik testlardan foydalanildii. Shuningdek Aterosklerozning bugungi kundagi zamonaviy davolash usullari bilan to‘lig‘icha tanishtirildi. Barcha talabalar Ateroskleroz kasalligi buyicha to‘liq tushunchaga ega bo‘lishdi.

     

     

 

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedras


Astraxanda Rossiya-O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rektorlarinig mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tmoqda

$
0
0

Astraxanda Rossiya-O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rektorlarinig mintaqaviy forumi davom etmoqda. Forum jarayonida O‘zbekiston Respublikasining Oly ta’lim muassasasi rektor va prorektorlari mintaqaviy konferensiyalarda ishtirok etmoqdalar. Jumladan, Toshkent farmasevtika institutining “Ilmiy va innovatsion sohalar”bo‘yicha prorektori Normaxamatov Nodirali Sahobataliyevichning ham mazkur konferensiyada ishtiroki ta’minlandi. Shuningdek Astraxanda Rossiya-O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rektorlarinig mintaqaviy forumi da Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov boshchiligida vazirlik mutaxassislari va 20 ta OTM rektorlaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda. Mintaqaviy konferensiyada asosiy masala sifatida oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasi muhokamasi amalga oshiriilmoqda. Shu bilan birga Forum kun tartibiga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazib, Astraxan shahridagi OTMlarga tashrif buyurib, ular faoliyati bilan tanishmoqdalar.

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova

Farmakognoziya kafеdrasi 4-kurs talabalari bilan madaniyat maskanlari teatr va Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurdilar

$
0
0

2019 yil  2 aprel kuni Farmatsiya fakultеti 4 kurs 401-guruh talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida guruh murabbiyi Sh.R.Xalilova bilan birgalikda Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurdilar. Ziyorat davomida guruh talabalari bilan Zangi-buva maqbarasi va Anbar-ona maqbaralari ziyorat qilinib, ular haqidagi tarixiy ma’lumotlar bilan tanishdilar.

     

San’at va madaniyat – xalqning ma’naviy dunyo qarashini shakllantiradigan, uning tarixi, milliy mentaliteti hamda madaniy salohiyatini namoyish etadigan qudratli kuch. Bunda, ayniqsa, teatrning  o‘rni beqiyosdir. Teatr san’ati tasavvur va tafakkur hosilasi, ma’naviy yuksalish vositasidir. Bugungi davr shiddati, globallashuv, qadriyatlar va qarashlar o‘rtasidagi keskinliklar teatr san’ati ijodkorlari zimmasiga ham ulkan vazifalar yuklamoqda. Boy tariximiz, milliy qadriyat va urf-odatlarimiz targ‘iboti yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.

2019 yilning 4 aprel kuni Toshkent farmasevtika institutining 4 kurs 401-guruh talabalari ma’naviyat kuni munosabati bilan guruh murabbiyi Sh.R.Xalilova boshchiligida Abror Xidoyatov nomli O‘zbekiston davlat drama teatriga tashrif buyurdilar. Namoyish etilgan atoqli qirg‘iz adibi va jamoat arbobi Chingiz Aytmatovning asari asosida sahnalashtirilgan  “Jamila” nomli spektakldan talabalar o‘zariga kerakli xulosalarni olib madaniy hordiq chiqardilar.

     

Farmakognoziya kafеdrasi

 

“Organik kimyo” fanidan “Lipidlar” mavzusi bo‘yicha  integrallashgan ma’ruza

$
0
0

2019 yil 9 aprel 8-auditoriyada Sanoat farmatsiya fakulteti “Metrologiya” yo‘nalishi  2- kurs talabalari uchun “Organik kimyo” fanidan “Lipidlar” mavzusi bo‘yicha   Organik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti F.O.Po‘latova hamda Biotexnologiya kafedrasi dotsenti X.T.Zoirovalarning xamkorligida integrallashgan ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

     

Organik va biologik kimyo kafedrasi

“Notiqlik  san’ati” mashg‘ulotlarida ishtirok eting

$
0
0

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvafaqiyati, eng avvalo, mustaqil va keng fikrlash qobilyatiga ega bo‘lgan, ongli, komil insonlar sifatida tarbiyalanib voyaga yetgan yosh  mutaxassis  kadrlarga bog‘liqdir. Notiqlik san’ati o‘ziga xos malaka, og‘zaki nutq shakllarini egallashni talab etadi. Go‘zal, chiroyli nutq so‘zlash uchun juda ko‘p mehnat qilish zarur. Notqlik san’ati haqida so‘z yuritar ekanmiz, shu o‘rinda bir qancha savollar tug‘ilishi tabiiy.

Albatta, ommaviy nutqning shakl va mazmuni aniq materiallar va predmetdan kelib chiqadi. Toshkent farmasevtika instituti o‘qituvchilari, talabalari o‘rtasida ham Notqlik san’atini mukammal rivojlantirish maqsadida Toshkent farmasevtika institutida Filologiya fanlari nomzodi “Xalqaro antik dunyo” va “Turon” fanlar akademiyalarining akademigi Rahimboy Jumaniyozov “Notiqlik  san’ati” mashg‘ulotlarini o‘tkazishi rejalashtirildi.

Notiqlik san’ati bo‘yicha tayyorlangan ushbu ma’ruzalar kursida notiqlik san’atining mazmun-mohiyat,tarixiy ildizlari, turlari, norma va usullari, shuningdek, farmasevt rahbar xodimlarining nutq so‘zlashlarida duch keladigan muammoli vaziyatlar va ularning yechimi kabi masalalar aks etgan. Mazkur 36 soatlik o‘quv dasturidan so‘ng Sertifikat va Diplom taqdim etiladi.

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova

Axborot-resurs markazida  yangi badiiy adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

$
0
0

            Yurtimizda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar  bejizga emas, binobarin, kelajak avlodning kamoloti ilm olish, bilimli bo‘lish bilan belgilanadi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 12 yanvar kuni “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan” farmoyish e’lon qildi. Bu esa o‘z navbatida, yurtimizda kitobxonlik saviyasi oshishiga, yangidan-yangi sermazmun kitoblar chop etilishiga omil bo‘luvchi muhim odimdir. Ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yangidan-yangi nashrdan chiqayotgan sermazmun asarlarni o‘qib borish yoshlarning ongi o‘sishi, tafakkuri teranlashib, o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lishiga imkon beradi.

           Shu maqsadda 2019 yil 9 aprel kuni ARMga tashrif buyuruvchilar uchun  Axborot-resurs markaziga keltirilgan sara asarlardan iborat kitoblar to‘plami  taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu  to‘plamdan sevimli yozuvchilarimizning asarlari jo bo‘lgan “G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” tomonidan chop etilgan 44 ta kitobdan iborat  “Adabiyot xrestomatiyasi” seriyasi  o‘rin olgan. Institut rahbariyati tashabbusi   bilan  va institut professor-o‘qituvchilarining beg‘araz taqdim etgan turli xil badiiy kitoblari  tufayli  institut Axborot-resurs markazi badiiy fondi kundan kunga boyib bormoqda. Xammasi siz uchun aziz talabalar va hurmatli ustoz, xodimlar. Axborot-resurs markaziga tashrif buyuring va o‘z ma’naviyatingizni yanada yuksaltiring.

AXBOROT-RESURS MARKAZI TAVSIYA QILADI

     

     

ARM mudiri                        F.N. Xolmuratova

Viewing all 2731 articles
Browse latest View live


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>