Quantcast
Channel: Toshkent farmatsevtika instituti
Viewing all 2731 articles
Browse latest View live

“Yosh farmatsevtlar” jamoasining “Teatr studiyasi”  festivalidagi ishtiroki

$
0
0

  Biz hayotimiz mazmuni bo‘lgan sevgi va sadoqat, mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi eng nozik, sirli tuyg‘ularni Yaratganimizning beqiyos mo‘jizasi bo‘lmish ayol zotisiz aslo tasavvur etolmaymiz. Ayol deganda, ko‘z o‘ngimizda avvalo oq sut berib, barchamizni o‘z bag‘rida asrab-avaylab voyaga yetkazadigan, butun hayotini farzandiga baxshida etadigan dunyodagi eng muqaddas zot — Ona siymosi namoyon bo‘ladi. Mehribon va mushfiq onalarimizning ana shunday buyuk xizmatini so‘z mulkining sultoni, ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning «Jismni qil sadqa ano boshiga» degan hikmatli so‘zlaridan o‘tkazib ifoda etishning o‘zi qiyin. Bugungi kunda hayotimizning qaysi soha va yo‘nalishini olmaylik — bu davlat va jamiyat qurilishi yoki ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘ladimi, fermerlik va tadbirkorlik, tibbiyot, ta’lim-tarbiya, fan va madaniyat, san’at bo‘ladimi — ularning rivoji va samarasini oshirishda, yurtimizda hech kimdan kam bo‘lmaydigan demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishda, xalqaro maydonda davlatimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishda opa-singillarimizning katta hissa qo‘shayotgani haqida ko‘p gapirish mumkin. Ona-siymosiga  qancha ta’rif bersak ham oz. Mavzuni onajonlarimiz haqida boshlaganimiz ham bejizga emas.   2019-yilning

10-aprel kuni Toshkent farmatsevtika instituti “Yosh farmatsevtlar” jamoasi “Teatr studiyasi” festivalida ishtirok etib unda “Ona” mavzusida sahna ko‘rinishini namoyon etdilar. Mazkur festival O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 19-yanvardagi 87-04-107-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 10 aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘tkazildi. Unda Toshkent Davlat stomatologiya instituti, Toshkent Davlat irrigatsiya va melioratsiya instituti, Toshkent Davlat avtomobil yo‘llari instituti,

Toshkent Davlat san’at va madaniyat hamda Toshkent farmatsevtika instituti  talabalarining ishtiroki ta’minlandi. Toshkent farmasevtika instituti talabalari ishtirokidagi chiqishda sanoat farmatsiyasi fakulteti 3- kurs talabasi Jalilova  Umida kirish qismini ochib berdi va “Ona muqaddasdir” mavzusidagi sheriy sahnani tomoshabinlarga namoyish etdi. So‘ngra “Yosh farmatsevtlar” jamoasining “Ona qadri” mavzusida tashkil etilgan sahna ko‘rinishini mehmonlarga havola etdilar. Yuqorida keltirilgan OTM larning sahna ko‘rinishlaridan so‘ng g‘oliblarga va qatnashchilarga Diplomlar taqdim etildi.

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova


Klinik farmatsiya farmokokinetika asoslari bilan fanidan “Qandli diabet, farmakoterapiya prinsiplari” mavzusidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

$
0
0

O‘zbekiston Respublikasi Prizedentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2018-yil 14-fevral PQ-3532 Sonli  “Famasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”gi, 2017-yil 5-maydagi PQ 2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’limni yanada islox qilish ” chora tadbirlar to‘g‘risidagi”, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxasislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish  chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi qarorini ta’minlash maqsadida Toshkent Farmasevtika instituti Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Saydalieva Feruza Avazxanovna  tomonidan farmatsiya yo’nalishi 504-A guruhiga “Qandli diabet, farmakoterapiya printsiplari”  – mavzusi bo‘yicha 2019 yil 9 aprel kuni soat 13-30 da 2 bino 50 o‘quv xonasida ochiq amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida innovatsion pedagogik texnologiyalaridan “FSMU”, “SWOT”, “Aqliy hujum” va tematik testlardan foydalanildi. Shuningdek qandli diabetning bugungi kundagi zamonaviy davolash usullari bilan to‘laqonli tanishtirildi. Barcha talabalar “Qandli diabet” kasalligi bo’yicha to‘liq tushunchaga ega bo‘lishdi.

     

 

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi

O’sh Davlat Universiteti  talabalarining Toshkent farmatsevtika institutiga tashrifi

$
0
0

2019 yil 8 aprel kuni Memorandum asosida Qirg’iziston Respublikasi O’sh Davlat universitetidan 2 bosqich farmatsiya fakultetining 6 nafar talabasi Toshkent farmatsevtika institutiga tashrif buyurdi.

Talabalar bilan tanishish maqsadida Institut rektori, professor I.I.Alimdjanov, o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor Z.A.Yuldashev va farmatsiya fakulteti dekani v.v.b. A.A.Nurmuhamedov bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda instituti rektori 2ta OTMsi o’rtasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida kelajakda talabalar almashinuvini oshirilishi haqida gapirib o’tdi. Talabalar 10 kun davomida institutda ta’lim olishlari uchun farmatsiya fakulteti 2 bosqich rus guruhlariga taqsimlandi. O’sh davlat universiteti talabalariga institutning o’quv jarayoni va ijtimoiy hayoti bilan tanishtirish, darslardan keyin va dam olish kunlari Toshkent shahri bo’ylab sayohat uyushtirish rejalashtirildi.

     

     

     

Xalqaro hamkorlik bo’limi

Toshkent Farmasevtika instituti va  Sankt Peterburg kimyo farmasevtika akademiyasi bilan onlayn maruza

$
0
0

2019 yil 10 aprel kuni Toshkent Farmasevtika  instituti Sankt Peterburg kimyo farmatsevtika akademiyasi Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi dotsenti Ivkin D.YU ishtirokida onlayn ma’ruza bo’lib o’tdi. Ma’ruza mavzusi: “Фармакоконсультирование и фармакоинформирование при заболеваниях опорно-двигательной аппарата”.

Ma’ruzada istitut  xodimlari, farmatsiya fakulteti 4 va 5- kurs talabalari qatnashdilar:

1.Abzalova N.A –  O‘quv bo‘limi boshlig‘i

2.Normaxamatov  N.S  –  Ilmiy va innovatsion ishlar bo‘yicha prorektor

3.Fayzieva Z.T  –  Kafedra mudiri, Dotsent

4.Tulyaganov R.T  –  Dotsent

5.SHiltsova N.V  –  Dotsent

6.Raximova D.O  –  Dotsent

7.Umirzoqova R  –  Dotsent

8.Saidalieva F.A  –  Katta o‘qituvchi

9.Moyliev G‘  –  Assistent

10.Davronova X.A  – Assistent

11.Sultanova R.X  –  Katta o‘qituvchi

Ma’ruza dolzarb mavzuda bo’lib, qiziqish bilan tinglandi va savol-javoblarga boy bo’ldi.

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi

E’lon! Professor-o‘qituvchilar va talabalar diqqatiga!

Kafеdralararo intеgrallashtirilgan ma’ruzalar o’tkazildi

$
0
0

2019 yil 9 aprеlda Farmakologiya va klinik farmatsiyasi mudiri, t.f.d. Z.T.Fayziеva va Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi dotsеnti N.S. Fayzullaеvani Sanoat farmatsiyasi fakultеti 3 kurs 306 A, 306 B va 307 A guruh talabalari uchun “Biofarmatsiya” fanidan “Dori vositalarda uchraydigan qiyin va o’zaro nomutanosibliklar” mavzusida intеgrallashtirilgan ma’ruza o’takazildi. M’aruzada talabalar, kafedralar professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

     

     

DTT va Farmakologiya va klinik farmatsiya kafеdralari

Astraxandagi Rossiya-O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rektorlarinig mintaqaviy forumi yakuniga yetdi

$
0
0

Rossiya-O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rektorlarinig mintaqaviy forumi yakunlandi. Toshkent farmatsevtika institutining ilmiy va innovatsion sohalar prorektori Nodirali Normaxamatovning ma’lumotlariga ko‘ra forum juda qizg‘in kechdi

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan OTM rektorlari tomonidan prezentatsiyalar taqdim etildi va o‘zaro  hamkorliklar, e’tibor berilishi zarur bo‘lgan masalalar muhokama qilindi. Shuningdek yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov hamda Rossiya federatsiyasi fan va Oliy ta’lim vaziri M.A.Borovskaya ishtirokida ma’ruza tinglandi. Shu bilan birga Rossiya-O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari filiallarining ochilishi xususidagi masalalar muhokama qilindi va ikki davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuviga qadar mazkur masalalarni bartaraf etishga kelishildi. Forum jarayonida Toshkent farmatsevtika instituti va Perm davlat farmatsevtika akademiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari borasida, Perm davlat farmatsevtika akademiyasining O‘zbekistonda filiali ochilishi xususida muzokaralar olib borildi. Muzokaralardan so‘ng kelgusi haftada Perm davlat farmasevtika akademiyasining O‘zbekistonda filiali ochilishi bo‘yicha memorandum shakllantirish hamda may-iyun  oylari oralig‘ida Perm davlat farmatsevtika akademiyasi rahbarining O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilishi rejalashtirildi.

    

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova

“Soxta va sifatsiz dori-darmonlarni aniqlashning zamonaviy analitik usullari” mavzusida onlayn ma’ruza o’tkazdi

$
0
0

2019 yil 12 aprelda Toshkent farmatsevtika instituti, Farmatsevtik kimyosi kafedrasi va Sankt-Peterburg Davlat Kimyo-farmatsevtika universiteti dotsenti Podushkin Vitaliy Yuryevich bilan birgalikda “Soxta va sifatsiz dori-darmonlarni aniqlashning zamonaviy analitik usullari” mavzusida onlayn ma’ruza o’tkazdi. Ushbu onlayn ma’ruzada 3 kurs talabalari ishtirok etdi.  Jumladan,  Farmatsiya fakulteti yo’nalishi F 303-A, F 303-B, F 304-A, F 304-B, F 308-A, F 308-B, F 309-A, F 309-B; Sanoat farmatsiya yo’nalishi SF 301-A, SF 301-B, SF 302-A, SF 302-B guruhlari, hamda farmatsevtik kimyo kafedrasi o’qituvchilari: kafedra mudiri, dotsent Olimov H.K., dotsentlar: Saidvaliyev AK , Tashpulatova A.D., Xusainova R.A., Yunusxo’jaeva N.A., Kt.o’qituvchi Zaripova NT, assistentlar: Jo’rayeva A.A., Muxitdinova K.Sh., Yuldasheva Sh.S.

     

     

Farmatsevtik kimyo kafedrasi


Organik va biologik kimyo kafedrasida “Besh a’zoli bir geteroatom saqlagan geterohalqali birikmalar” mavzusida ingliz tilida ochiq laboratoriya mashg’ulot darsi o’tkazildi

$
0
0

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy Malumotli Mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarning ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” qaroririga muvofiq organik va biologik kimyo kafedrasida organik kimyo fanidan ingiliz tilida darslar olib borilmoqda. 2019 yil 4 aprel kuni kafedra assistenti, AQSH&O’zDJTU “WEBSTER” universiteti talabasi Nuritdinova R.R. Farmatsiya yo’nalishi 206B  guruh talabalari bilan ingliz tilida “Besh a’zoli bir geteroatom saqlagan geterohalqali birikmalar” mavzusida ochiq laboratoriya darsini o’tkazdi. Dars jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanildi hamda AQSH ta’lim tizimida qo’llaniladigan turli hil pedagogik uslublar qo’lla nildi.

     

     

Organik va biologik kimyo kafedrasi

Qirg‘iziston Davlat Tibbiyot akademiyasining 80-yilligiga bag‘ishlangan forumda Toshkent farmatsevtika instituti professorlarining ishtiroki

$
0
0

Toshkent farmatsevtika instituining malaka oshirish fakulteti professori, farmatsevtika fanlari doktori Zaynutdinov Hikmatillo Sunnatovich Bishkek shahridagi Axunbaev nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasida 2019 yilnig 10-12 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Xalqaro ilmiy forumda ishtirok etdi. Forum jarayonida Qirg‘iziston Davlat Tibbiyot akademiyasining 80-yilligiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya bo‘ldi. Unda talabalar ishtirokida olimpiada o‘tkazildi va aspirantlar hamda yosh olimlar tomonidan tayyorlangan eksperemental ilmiy izlanishlar bo‘yicha ma’ruzalar musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa 3 bosqichdan iborat bo‘lib, 1 bosqichida 10 nafar g‘olib ma’ruzachi, 2 bosqichda esa mana shu 10 ma’ruzachidan 3 tasi tanlab olindi, so‘ngi 3 bosqichda esa 1 ta ma’ruzachi g‘olib deb topilib “Oxunbaev nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi stipendiasii” g‘olibiga aylandi. Qolgan ikki nafar talaba Rossiyaning Moskva shahriga 10 kunga sayohat uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Olimpiada juda qizg‘in o‘tdi. Unda Toshkent farmatsevtika intsituti malaka oshirish fakulteti professori, farmatsevtika fanlari doktori Zaynutdinov Hikmatillo Sunnatovich hay’at a’zosi sifatida qatnashdi va ishtirokchilarni ilmiy ishlarini baholab bordi. Shuningdek institutimiz professori X.S Zaynutdtnov forum qatnashchilari uchun “Farmokoiqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha  ma’ruza o‘qib eshittirdi.

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova

76-ilmiy anjumaniga tayyorgarlik jarayoni

$
0
0

“Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish yili”ga  bag‘ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 76-ilmiy anjumaniga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i G.Yu.Malikova, TIJ raisi M.S.Nazarqulov va talabalardan saylangan sho‘ba raislari birgalikda faoliyat olib bormoqdalar. Sho‘balarga institutning quyidagi iqtidorli talabalari tayinlangan.

     

     

1 Кимё фанлари бўлими

(ноорганик, аналитик, органик)

Фазлиев Суннатулло Аллойиддинович
2 Фармацевтик кимёва Дори воситаларини стандартлаштириш ва сифат менежменти Файзуллаева ШаходатХабибуллоқизи
3 Фармацевтика ишини ташкил қилиш Нарзикулова Камола Шавкат қизи

 

4 Фармакогнозия ва Токсикологик кимё Юсупова Нигора Отабек қизи
5 Дори турлари технологияси Жумабоев Жавохир Анвар ўғли
6 Дори воситаларининг саноат технологияси Джалилова Умида Асқарали қизи
7 Ижтимоий фанлар Худойбердиев ФаррухЮлдош ўғли
8 Тиллар Мансуров Азаматжон Хамидулла ўғли
9 Тиббий ва  биологик фанлар (фармокология, микробиология, биохимия, экология) Ўктамов ШохжахонДилшодўғли
10 Биотехнология, физика, математика ва ахборот технологиялари Жураев МухаммадийАзамжонўғли

                                                    Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`limi

Ozodalik va saramjonlik inson ziynatidir!

$
0
0

Inson yashayotgan manzilining ozoda bo‘lishining hikmati shundaki, hovli va uylar nopok bo‘lsa, bundan birinchi galda o‘sha xonadonda yashovchilar zarar ko‘radi. Shu o‘rinda aytshimiz joizki siz bilim olayotgan dargoh ham o‘z uyingiz kabidir. Kun davomida mana shu maskanda bilim olasiz, do‘stlarinigiz bilan muloqatda bo‘lasiz hattoki tushlikni ham mana shu dargoh ichida qilasiz. Har bir insonning, talabaning o‘z uyini qay darajada asrab avaylashi ham mana shu bilim dargohiga bo‘lgan munosabati orqali ko’rish mumkin. Yurtimizda yoshlarni bilm olishlari uchun rahbariyatlar tomonidan talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. O‘quv xonalari ta’mirlanib zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Misol tariqasida aynan Toshkent farmatsevtika instituida yangi foydalanish uchun topshirilgan 4-binoni olsak. Bu binodagi o‘quv xonalari zamonaviy uskunalar, barcha shart-sharoitlar bilan ta’minlandi. Bu siz talabalar uchun berilgan qulay imkoniyatdir. Ming afsuslar bo‘lsinki yangi bino o‘quv xonalaridagi ba’zi stol va stullar qisqa vaqt ichida achinarli holga kelgan. Har bir bunyodkorlik ishining o’z zahmati va qiyinchiliklari bo’ladi. Yo’qdan bor qilish mushkul, borini yoq qilish esa juda osondir.

Bu jarayonni ko‘rib hayratlanasan kishi! Nahotki bu es hushini bir joyga jamlab olgan, fahm farosatli talabalarning ishi? Ziyoli insonlarning farzandlarining odob namunasi shu bo’lsa deb taajubga qolasan kishi.

Ahir mana shu dargohda ta’lim olasiz, aynan shu stol va stullarda dars davomida o‘tirasiz. Nahotki o‘zingizga yoqimli bo‘lsa shu hol?

Dinimiz ta’limotlarida ham aynan poklik, saramjonlik yo‘lida qilingan har bir harakat yuqori baholanishi, ulkan ajr-savoblar berilishi aytilgan. O‘zimizni va atrof-muhitimizni poklay olsak, asrab avaylasak hayotimiz barakali bo‘ladi. Mana shu shinam va zamonaviy o‘quv xonalaridan kelajak avlod ham foydalanadi. Shunday eka Hurmatli talabalar institut bu sizning uyingiz kabidir. O‘z uyingizni undagi buyumlarni qay darajada avaylasangiz  ta’lim  dargohingiz  moddiy-texnik bazasi, o’quv anjomlarini ham shunday asramog’ingiz kerak!

     

     

     

     

     

     

 Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova                     

Qirg’iziston Respublikasining O’sh davlat universiteti vakillarining Toshkent farmatsevtika institutiga tashrifi

$
0
0

2019 yil 15 aprel kuni Qirg’iziston Respublikasining O’sh davlat universiteti vakillari Toshkent farmatsevtika institutiga tashrif buyurdilar. Institut rektori, professor I.Alimjanov O’sh davlat universiteti vakillari va talaba almashinuv bo’yicha 10 kunlik o’qishga tashrif buyurgan o’shlik talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi.O’sh davlat universiteti vakillari quyidagilardan tashkil topgan: O’sh davlat universiteti tibbiyot fakulteti dekan muovini, dotsent Mo’ydinov Fazliddin Fayozdinovich, “Gastrologiya va patologik anatomiya” kafedrasi mudiri,dotsent Shatmanov Suyunaly Toktonazarovich, “Pediatriya 1” kafedrasining dotsenti , t.f.n.Turdubayev Kursanbek Tashbolotovich. Uchrashuv davomida ikki universitetning o’zaro hamkorliklari muhokama qilindi: akademik almashinuvni rivojlantirish (o’qituvchilar, mutaxassislar, talabalar va magistrantlar almashinuvi). Ya’ni, Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi Chimyon bazasida institutning etakchi o’qituvchilari tomonidan o’tkaziladigan yozgi amaliyotga O’sh talabalarini yuborilishi to’g’risida fikr almashildi. Bunda talabalar barcha nazariy bilimlarni amalda tatbiq etish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

     

     

     

Xalqaro hamkorlik bo’limi

“Yosh farmatsevtlar” jamoasining yana bir ishtiroki

$
0
0

       O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida  2019 yildagi “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar dasturi” da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 13 aprel kuni “Tafakkur sinovlari” nomli Respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda Toshkent farmatsevtika instituti “Yosh farmatsevtlar” jamoasining ishtiroki ta’minlandi. Tanlov O‘zbekiston Islom akademiyasida o’tkazildi va musobaqa  4 ta bosqichdan iborat bo‘ldi:

  • Ko‘rgazmali tanishtiruv;
  • “Blits” so‘rovnoma shaklida savol javob tarzida;
  • Rasm chizish;
  • Sahna ko‘rnishi shaklida o’tkazildi

    Mazkur tanlovda Toshkent farmatsevtika institutidan Farmatsiya fakulteti 2-kurs talabasi Xolboeva Madina,1-kurs talabalari Sayitova Shaxnoza, Zayniddinov Asliddin, Abdug’aforov Muxtor, Sanoat farmatsiyasi 2- kurs talabalari Kozimjonova Nasiba, Mahkamova Muhayyo, Komilov Asliddin, Sultonov Foziljon, Ahmadjonova Gulchehra, Kasbiy ta’limi yo‘nalishi 1-kurs talabasi Jumaeva Barchinoy ishtirok etdilar. Tanlovda institutimizning “Yosh farmatsevtlar” jamoasi 4-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Institut nomidan “Yosh farmatsevtlar” jamoasining kelgusi tanlovlardagi ishtiroklarida omad tilaymiz!

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova

Analitik kimyo kafedrasida Qirg’iziston Respublikasining O’sh davlat universiteti talabalari uchun master-klass o’tkazildi.

$
0
0

Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh Davlat Universiteti 2 kurs farmatsiya yo‘nalishi talabalari hamda 207(A,B) guruh talabalari bilan birgalikda   “Analitik kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan analitik kimyo fani bo‘yicha ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlaridan mahorat darslari o‘tildi.

     
Qirg‘izistonlik talabalar laboratoriya mashg‘ulotlarida dots. M.Fatxullayeva ishtirokida titrlashni cho‘ktirish usuli bo‘yicha laboratoriya ishini bajardilar.

     

     

Shuningdek, qirg‘izistonlik talabalar professor A.A.Shabilalov va kafedra mudiri dots.M.Fatxullaeva bilan suhbat o‘tkazdilar.

Kafedra mudiri dots.M.Fatxullaeva qirg‘izistonlik talabalarga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan darslik, o‘quv-uslubiy majmua, uslubiy qo‘llanma va ma’ruza matnlari bilan tanishtirdi.

     

Analitik kimyo kafedrasi


Yaponiya yoshlar o’rtasida eng yaxshi insho xalqaro tanlovini e’lon qiladi

$
0
0

Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi va YuNESKOning Milliy Komissiyasi ko’magida Yaponiyaning «Goi Tinchlik Jamg’armasi» (The Goi Peace Foundation)  yoshlar orasida «Creating a Society Full of Kindness» mavzusidagi eng yaxshi insho uchun xalqaro tanlov o’tkazmoqda. Tanlovning maqsadi yoshlarning o’z g’oyalari, ijodkorligi va tinchlik va barqaror rivojlanishni qo’llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslari haqida so’zlab berish imkoniyatlarini taqdim etishdan iborat. Tanlovda o’quvchilar (14 yoshgacha) va yoshlar (15 yoshdan 25 yosh) 5 ta (ingliz, frantsuz, ispan, nemis yoki yapon) tillarining birida yuqorida ko’rsatilgan mavzudagi insholari (700 tagacha so’z) bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning bosh sovrini: 100 ming yen (900 dollarga yaqin) va 2019 yil 31-oktabr kuni taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun Yaponiyaga safar.

Ishni onlayn tarzda topshirishning oxirgi muddati 2018 yil 15 iyun Xalqaro sayyohlik tanlovi tashkilotchilari manziliga -Goi Peace Foundation 1-4-5 Hirakawacho, Chiyoda-ku, Tokiyo 102-0093 Yaponiya, yoki www.goipeace.or.jp va e-mail: essay@goipeace.or.jp

Tanlov haqida batafsil ma’lumotni https://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ saytida topishingiz mumkin.

Xalqaro hamkorlik bo’limi

Toshkent farmasevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi hodimlari Toshkent Davlat Stomatologiya Univesitetida Elsevier kompaniyasining mintaqaviy direktori Igor Anatolevich Nikitin, Elsevier Yevropadagi direktori Jamie Elson tomonidan CinicalKey tizimidan foydalanuvchilarga o‘tkazilgan treningda Eng faol ishtirokchilar uchun 15.04.2019 yilda 9.00 va 14.00da treninglar uyushtirildi

$
0
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017  yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi , 2017 yil 5 maydagi  PQ-2956 sonli  “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’limni yanada isloh qilish” chora tadbirlari to‘g‘risidagi”, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi    PQ-3532-sonli “Farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent farmasevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi hodimlari Toshkent Davlat Stomatologiya Univesitetida Elsevier kompaniyasining mintaqaviy direktori Igor Anatolevich Nikitin, Elsevier Yevropadagi direktori Jamie Elson va Elsevier Lais Junqueira tomonidan CinicalKey tizimidan faol foydalanuvchilarga trening o‘tkazilishi borasida seminar olib borildi.

Elsevier kompaniyasining ClinicalKey platformasi shifokorlar uchun dalillarga asoslangan tibbiy ma’lumotlarni o‘zida saqlagan jahon miqyosidagi yetakchilardan biri hisoblanadi. Mazkur memorandum doirasidagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan mamlakatimizdagi akkauntlar ochilgan 100 nafar shifokorga platformadan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompaniyaning mintaqaviy direktori Igor Nikitin joriy yilning 4-6 fevral kunlari poytaxtimizda bo‘lib, CinicalKey tizimidan foydalanuvchi shifokorlarga trening va tadbirlar o‘tkazdi. Bunday treninglarni tashkil etish esa shifokorlar faoliyati uchun juda muhimdir

2019 yilning 15 aprelida shu tizim asosida bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan 100 nafar shifokorlarning orasidan mazkur platformaning eng faol foydalanuvchilari xorijiy mutaxassislar tomonidan ajratib olindi hamda ular uchun xorijiy mutaxassis – Elsevier kompaniyasining bemorlar xavfsizligi va sifati bo‘yicha direktori Lais Junkeyra boshchiligida platformadan foydalanishda uning o‘ziga xos xususiyatlari, nozik qirralari va asosiy jihatlari bo‘yicha maxsus seminar va mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu seminar va mahorat darslarida eng faol shifokorlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan va o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab savollarga javob olishdi.

Toshkent farmasevtika institutining farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasining hodimlari Sultanova R.X. CinicalKey sistemasidan foydalanish imkoniga ega bo‘lib, bu sistemaning ahamiyati va ishlatilishdagi imkoniyatlari bo‘yicha ma’ruza va treningda qatnashildi. Bu sistema orqali kerakli klinik axborotlarini turli vaqtda, har qanday qurilmadan bir zumda ma’lumotlarni topish va ilmiy-uquv jarayonda foydalanishga imkon beradi. Chunki to‘g‘ri va isbotlangan tibbiyot Toshkent farmasevtika instituti talabalarini ilmiy salohiyatni rivojlanishiga zamin yaratadi. Bu sistemaning ma’lumotlarini yangi dori vositalarning izlanishida solishtirishda ishlatish yanada  qo‘l keladi.

Tashrif davomida Elsevier kompaniyasining bemorlar xavfsizligi va sifati bo‘yicha direktori Lais Junkeyra ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda shifokorlar, ilmiy xodimlar va magistr darajasidagi tibbiyot talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, platformadan foydalanish qoidalari, amaliyotga qo‘llash usullari, uning afzalliklari bo‘yicha yetarlicha ma’lumot berildi.

     

     

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi

E’lon. “Sofradeks ko‘z va quloq tomchisini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash”  mavzusidagi ochiq laboratoriya mashg‘ulotiga taklif etamiz.

$
0
0

20.04.2019 yil soat 1000 da 107-xonada DVST kafedrasi assistenti M.SH.Jaloliddinovaning  Sanoat  farmatsiya  fakulteti 4 kurs 404A guruh talabalari uchun Tayyor dori vositalarining sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash fanidan “Sofradeks ko‘z va quloq tomchisini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” mavzusidagi ochiq laboratoriya mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi.

Ochiq mashg‘ulotga barcha xohlovchilar taklif etiladi.

 

Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi

“Fitoferon dorivor yig‘masining  farmako-toksikologik xususiyatlari” mavzusi buyicha  PHD dissertatsiya ishining kafedra bo‘yicha muhokamasi bo‘lib o‘tadi

$
0
0

Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi A.J.Rajapovning 2019 yil 22 aprel kuni soat 14 – 00 da “Fitoferon dorivor yig‘masining  farmako-toksikologik xususiyatlari” mavzusi buyicha  PHD dissertatsiya ishining kafedra bo‘yicha muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Hohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

 

Farmokologiya kafedrasi

Tillar kafedrasining talabalar bilan Rossiya Federatsiya fan va madaniyat Markazi  “Россотрудничество”da Rosatom Xalqaro gumanitar dasturlarida ishtiroki

$
0
0

2019 yil ning 17 aprel kuni Tillar kafedrasi bir guruh professor-o‘qituvchilari Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti 1-bosqich talabalari bilan Rossiya Federatsiya fan va madaniyat Markazi  “Россотрудничество” da  Rosatom tomonidan tashkil etilgan Xalqaro yoshlar Forumida ishtirok etishdi. Ushbu dastur xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda millatlararo totuvlik, tolerantlik prinsiplaridan kelib chiqqan holda rus xalqining urf-odat va an’analari bilan tanishish hamda ularni xurmatlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalar tadbirda o‘z bilimlari, chaqqonliklari va pazandachilik mahoratlarini namoyon qilishdi. Tadbirda Rossiya Federatsiya fan va madaniyat Markazi  “Россотрудничество” rahbari V.N.SHulika mehmonlar va ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

     

     

Tillar kafedrasi mudiri:                                  S.M.To‘ychieva

Viewing all 2731 articles
Browse latest View live


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>